|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума. | |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
О наших учителях Собственно, все вытекает из названия раздела. Спасибо ЕС за идею |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
08.01.2009 10:11 | #1 | ||
|
Hozirgi kumda domlalar, o'qituvchilar, ustozlar o'z talabalari, o'quvchilar va shogirdlaridan, talabalar ham o'z navbatida o'z o'qituvchi, ustoz va domlalaridan noliganini nogoh eshitib qolamiz.
Umuman, siz talabalar, o'quvchilar, sizlarning tasavvuringizda, nigohingizda o'qituvchi, domla va ustozlar qanday fazilatga ega bo'lishi, qanday talablarga javob berishi kerak?
__________________
TECHNECY - Creative Development Agency |
||
|
Ответить |
"+" от:
|
08.01.2009 22:08 | #2 |
|
O'zimni talabalik davrimni eslasam, rosa domlalarga e'tibor berardik. Birinchi kelgan domlaning ilk darsidayoq unga kerakli "tashxis"ni qo'yar edik
Umuman, bizning nigohimizda eng yaxshi domla deganda, o'tadigan fanini ham amaliy, ham nazariy jihatdan mukammal biladiganlarni tushunar edik. Bunday xulosaga 2-kursligimizda kelganmiz. Bizga "Moliya" fanidan bir yoshroq domla tayinlangandi. Ilk darslarini asosan savol-javob o'tqazib, o'rtacha dunyoqarashimiz, bilimimizni aniqlagan. Keyingi darslarda biz o'ylagandek, faqat kitobni o'qib berib, dars o'tmadi. Aksincha, barcha nazariy mavzuni amaliyotga bog'lab, kerakli hujjatlar, hayotiy misollar ila tushuntira boshladi. Biz hayratda edik . . . Chunki, biz yoshlar shunday ta'limga chanqoq edik. Xullas, aytmoqchi bo'lganim, o'qituvchi yoki domla o'tadigan fanining nazariyasini amaliyotga bog'lagan holda o'ta bilishi kerak. To'g'ri, ba'zi fanlarning amaliyoti bo'lmaydi, lekin undagi nazariyani hayotdagi voqealarga bog'lay bilish kerak . . . Yana o'qitishning samarali usullaridan biri bu dars o'tayotganda, hech qachon talabani zeriktirib qo'ymaslik. Eng asosiysi shu, talaba zerikdimi, tamom, hayoli ketadi, tinglamaydi, sekin jig'ingizga tega boshlaydi . . . Xo'sh, talabalarning zerikmasligi uchun nimalar qilish kerak degan savol tug'ilishi tabiiy. Siz, har 10-15 minutda ma'ruzangiz davomida talabalar e'tiborini tortadigan harakatlar qiling. Masalan, derazani ochasiz, keyinchalik, yopasiz. Nuqtingizda ovozingizni pastlating yoki sal keyinroq ko'taring. Faqat bitta joyda turmang, o'tirmang. Yurib turing. Talabani naq qarmoqqa ilintiradigan savollardan tashab turing. Hali gaplarim ko'p . . . Shunaqa gaplar . . .
__________________
TECHNECY - Creative Development Agency |
|
Ответить |
"+" от:
|
22.01.2009 11:54 | #4 |
Сообщений: 380
+ 408
466/214
– 0
4/4
|
Shunisi qizikki o'qituvchi avvalombor talabalarning sinovidan o'tishi kerak. Birinchi ustoz/domlaning bilimi, tajribasi, xarakteriyu muomalasi boshdan oyoq kuzatilib undan so'ng o'qish haqida qayg'urardik. Bundan shuni aytishim mumkinki o'qituvchi, ayniqsa yaxshi o'qituvchi bo'lish hammagayam emas. Auditoriyada o'tirgan har bir talabaga mavzuni qiziqarli tushuntirishning qanchalik murakkabligini o'ylasam ustozlarimizga tahsinlar bo'lsin deb qolaman...
|
|
Ответить |
29.01.2009 21:03 | #5 | |
Сообщений: 7
+ 3
1/1
– 0
0/0
|
Цитата:
Siz o'zingiz DOMLA bo'lib ko'rganmisiz? O'rgatish hamma vaqt oson, ammo hayotga tatbiq etish.... |
|
|
Ответить |
29.01.2009 22:30 | #6 | |
Xabar
Сообщений: 1,597
+ 745
1,505/647
– 2
1/1
|
Цитата:
Домлаларга келсак, олийгоҳда билим бериш ҳар кимнинг ҳам қўлидан келадиган иш эмас. Лекин... Ўз соҳаси бўйича ҳеч қаерда ишлай олмаган ва сўнгги бекат сифатида институт, университетда домлаликни танлаганлар ҳам йўқ эмас. Бундай "ўқитувчилар"ни аямаслик керак. Турли саволлар, қатъий оҳангдаги талаблар билан (албатта ўша фан юзасидан) уларни адабини бериш керак. Бу инсонийлик, виждонга тўғри келмайди, дейишингиз мумкин. Лекин талабаларга билим бера олмаслигини била туриб, шанчаки вақт ўтказиш ва маош олиш, сессияларда қўшимча даромад қилишни ўйлаб "домла"ликни танлаш виждонданми?! Агар мураббий ҳақиқатанам салоҳиятли бўлса, талабалар билан қандай муомила қилишни, уларни қандай қилиб дарс тинглашга чорлашни яхши билади. Бунга кўп бор гувоҳ бўлганмиз. (Бизнинг давримизда шунақа эди, ҳозир қанақалигини билмайман.) |
|
|
Ответить |
6 "+" от:
|
30.01.2009 15:27 | #7 | |
|
Цитата:
To'g'ri, fikringizda ham jon bor. Lekin avval talabalarga ustoz kerak, shuning uchun mavzuni bu tomonga qaratgan edim.
__________________
TECHNECY - Creative Development Agency |
|
|
Ответить |
Реклама и уведомления | |
05.02.2009 16:11 | #8 |
Ustoz juda ko'p narsani bilmasa ham, lekin o'sha biladigan ozgina ilmini talaba va o'quvchilarga bera olsa u - haqiqiy ustoz. Ayrim o'qituvchilarimizning bilimlariga qoyil qolamiz, havas qilamiz...Lekin faqat shu...bilgan ko'p narsalarini ozginasini ham o'rgata olishmaydi.
|
|
|
Ответить |
"+" от:
|
05.02.2009 18:29 | #10 |
Ҳа, айнан шундай. Масалан, (буни бошқа мавзуда ғам айтгандим) ўзи ҳам телеқон ишлатиб (кап-катта одам, истаган нарсасига эгалик қилиши мумкин. Лекин ўша "истаган нарсаси"ни дарсда ишлатадиган ўқитувчи "Дарсда телефон тутманглар, мактабга бу матоҳни олиб келиш мумкин эмас" деганда, ким ҳам айтганини қиларди?! ), яна бир нарсаларни талаб қилса, ўқувчилар олдида ўз ҳурматини йўқотгани қолади.
|
|
|
Ответить |
2 "+" от:
|
|